Kanalingizni tasdiqlash uchun telefon raqamini kiritish soʻraladi. Shu raqamga sms yoki chaqiruv qilish orqali tasdiqlash kodini yuboriamiz.
Hisobingizni tasdiqlaganingizdan keyin quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
- 15 daqiqadan uzun videolar yuklash.
- Maxsus eskizlar kiritish.
- Jonli strim.
- Content ID daʼvolari uchun shikoyat yuborish
Roʻyxatdan oʻtganingizda hisobingizni tasdiqlash talab qilinishi ham mumkin. Eslatma: Barcha aloqa operatorlari ham Google matnli xabarlari va/yoki ovozli chaqiruvlarini qoʻllab-quvvatlamaydi.
Nega YouTube telefon raqamimni soʻraydi?
Spam va haqoratni jiddiy qabul qilamiz. Shaxsni tasdiqlashda telefon raqamini ishlatish hamjamiyatimizni himoyalash va qoidabuzarlikka qarshi kurashishning bir usulidir.
Sizga tasdiqlash kodini yuborish uchun telefon raqamidan foydalanamiz. Telefon raqami yiliga koʻpi bilan 2 ta kanalga ulanganini ham tekshiramiz.
Tasdiqlash kodini olmadim
Kodni darhol olishingiz kerak. Agar kodingiz boʻlmasa, yangi kod soʻrashingiz mumkin. Agar kod kelmasa, quyidagi odatiy muammolardan biriga duch kelayotgan boʻlishingiz mumkin:
- Ayrim aloqa operatorlari Google matnli xabarlari yoki ovozli chaqiruvlarni qoʻllab-quvvatlamaydi: Aksariyat mobil aloqa operatorlari Google matnli xabarlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Matnli xabar yoki ovozli chaqiruv variantini sinashingiz yoki boshqa aloqa operatorining telefon raqamidan foydalanishingiz mumkin. Agar yangi kodni olmagan boʻlsangiz, aloqa operatoringiz Google matnli yoki ovozli xabarlarni qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin.
- Bir xil telefon raqamiga ega hisoblar juda koʻp: Agar “Bu telefon raqami bilan maksimal hisoblar yaratilgan” xatolik xabarini olsangiz, boshqa raqamdan foydalanishingiz kerak. Qoidabuzarliklarning oldini olish uchun telefon raqamini yiliga faqat 2 ta kanalga biriktirish mumkin.
- Matnli xabarni yetkazish kechikishi mumkin: Kechikishlar aholi zich joylashgan hududlarda yoki aloqa operatoringiz infratuzilmasi yaxshi ishlamasa yuz berishi mumkin. Agar bir necha daqiqadan ortiq kutgan boʻlsangiz va hali ham matnli xabarimizni olmagan boʻlsangiz, ovozli chaqiruv variantini sinang.