YouTube Analytics xizmatidagi Auditoriya sahifasi videolaringizni kimlar tomosha qilayotgani haqida umumiy manzara taqdim etib, ularning demografiyasi haqida maʼlumot ham beradi. U yangi tomoshabinlar va obunachilar kabi asosiy koʻrsatkichlarning holatini taqdim etadi.
Oylik auditoriya
Oylik auditoriyangiz oxirgi 28 kunda kontentingizni tomosha qilgan jami unikal tomoshabinlarni koʻrsatadi. Bu koʻrsatkich bilan faol auditoriya hajmini baholash mumkin.
Oylik auditoriya har kuni hisoblab chiqiladi, har doim shu kundan oldingi 28 kunga nazar tashlanadi. Bu koʻrsatkich auditoriyangiz muddat davomida qanday rivojlanayotganini aniq oʻlchash uchun standartlashtirilgan axborot nuqtalarini beradi.
Oylik auditoriyangiz tomosha xatti-harakatlariga qarab uch guruhga boʻlinadi: yangi, oddiy va doimiy tomoshabinlar. Bu maʼlumotlar yordamida auditoriyadagi turli tomoshabinlarga moʻljallangan kontent yaratish mumkin. Yangi, oddiy va doimiy tomoshabinlar haqida batafsil.
Auditoriyangizga oid hisobot bilan tanishish
YouTube Android ilovasi
- YouTube ilovasini oching
.
- Profil rasmini bosib
Kanalni koʻrish tugmasini bosing.
- Kanalingiz samaradorligining qisqacha xulosasi bilan tanishish uchun oʻrtadagi menyudan Analytics
tugmasini bosing.
Android ilovasi uchun YouTube Studio
- YouTube Studio ilovasini
oching.
- Quyi menyudan Analytics
ustiga bosing.
- Yuqori menyudan Auditoriya tugmasini bosing.
Tomoshabinlaringiz qachon YouTubeda video tomosha qiladi
Bu hisobotda tomoshabinlaringiz oxirgi 28 kun ichida YouTubeda qaysi vaqt onlayn boʻlgani aks etadi. Undan hamjamiyatingizni yaratishga hissa qoʻshish, premyerani qachonga belgilashni tushunish yoki keyingi jonli strimni rejalashtirish uchun foydalanish mumkin.
Qurilma turi
Bu hisobotda har bir qurilmadan tomosha vaqtining necha foizi kelishi koʻrsatilgan (yuqoridan pastga qarab tartiblangan). Qabul qilinadigan qurilmalar: mobil, kompyuter, TV va planshet. Bundan tashqari, bu tahlillarni kontent turi boʻyicha koʻrish mumkin.
Yoshi
Bu hisobot qaysi yosh diapazonlari kontentingizni eng uzoq vaqt tomosha qilayotganini ham koʻrsatadi.
Jinsi
Bu hisobotda auditoriyangizning gender taqsimoti aks etadi.
Geografiya
Bu hisobotda kanalingizni eng uzoq vaqt tomosha qilayotgan hududlar aks ettiriladi.
Sara subtitr/taglavha tillari
Bu hisobot kanalingiz auditoriyasini subtitr tili asosida koʻrsatadi.
Obunachilar tomosha qilgan vaqt
Bu hisobot tomosha vaqtingizning necha foizi obunachilar va obuna boʻlmagan tomoshabinlar hisobiga toʻgʻri kelishini aks ettiradi.
Auditoriyangiz nimani tomosha qiladi
Bu hisobotda tomoshabinlaringiz oxirgi yetti kun ichida kanalingizdan tashqarida boshqa qaysi videolar, Shorts, jonli strimlar va podkastlarni tomosha qilgani aks etadi. Undan yangi videolar va nomlar uchun mavzularni tanlashda foydalanish mumkin. Shuningdek, maʼlumotlardan eskiz gʻoyalari va hamkorlik imkoniyatlari uchun foydalanish imkoni mavjud. Agar sizda Ijrochining rasmiy kanali boʻlsa, oʻzingiz asosiy ijrochi boʻlgan videolar sizga koʻrinmaydi, hatto video Ijrochining rasmiy kanalidan tashqarida chiqarilganda ham.
Auditoriyangiz tomosha qiladigan kanallar
Bu hisobotda tomoshabinlaringiz oxirgi 28 kun ichida kanalingizdan tashqarida boshqa qaysi kanallarni koʻrgani aks etadi. Undan tomoshabinlaringiz qaysi kanallarga qiziqishini va hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Tomoshabinlar YouTubeda tomosha qiladigan formatlar
Bu hisobot oxirgi 28 kunda odamlar qanday formatlarni tomosha qilayotganini aks ettiradi. Formatlar video, Shorts yoki jonli strimlar shaklida boʻlishi mumkin. Kontentingizni moslashtirish uchun odamlar eng koʻp tomosha qilayotgan formatlar bilan tanishing.
Kerakli koʻrsatkichlar
| Oylik auditoriya |
Oxirgi 28 kundagi tomoshabinlarning taxminiy jami soni. Bu koʻrsatkich har kuni hisoblab chiqiladi, har doim shu kundan oldingi 28 kunga nazar tashlanadi. Bu koʻrsatkich auditoriyangiz muddat davomida qanday rivojlanayotganini oʻlchash uchun standartlashtirilgan axborot nuqtalarini beradi. Eslatma: Hatto sana tanlagichdan sanani tanlasangiz ham, oylik auditoriyangiz tanlangan muddatning oxirgi kunidan boshlab avvalgi 28 kun asosida hisoblanadi.
|
| Unikal qamrov | Videongiz yoki kanalingizni koʻrgan alohida odamlarning taxminiy jami soni. Bu YouTube TV va TV uchun YouTube asosiy ilovasi kabi qurilmalarda birgalikda tomosha qilishni hisobga oladi. |
|
Yangi tomoshabinlar |
Tanlangan vaqt ichida kanalingizda videoni birinchi marta tomosha qilgan tomoshabinlar soni. Maxfiy brauzerdan tomosha qilgan, tomosha tarixini oʻchirib tashlagan yoki kanalingizni bir yildan ortiq koʻrmagan tomoshabinlar yangi tomoshabinlar deb hisoblanadi. |
| Oddiy tomoshabinlar | Kanalingizni vaqti-vaqti bilan tomosha qilgan tomoshabinlar soni. Oddiy tomoshabinlar oxirgi bir yilda bir oydan 5 oygacha kanalingizni oyiga kamida bir marta tomosha qilgan. |
| Doimiy tomoshabinlar | Uzoq vaqt davomida kanalingizni muntazam tomosha qilgan tomoshabinlar soni. Oddiy tomoshabinlar oxirgi yildagi 6 oyda kanalingizda oyiga kamida bir marta video tomosha qilgan. |
| Unikal tomoshabinlar |
Tanlangan muddatda kontentingizni tomosha qilganlarning taxminiy soni. Shorts uchun bu yaroqli tomoshalar va ularning tegishli tomosha vaqtidan hisoblanadi. |
| Obunachilar | Kanalingizga obuna boʻlgan tomoshabinlar soni. |
| Tomosha vaqti (soat) | Tomoshabinlar videongizni tomosha qilgan vaqt miqdori. |
| Tomoshalar | Kanalllaringiz yoki videolaringiz uchun yaroqli tomoshalar soni. Videolar uchun bu koʻrsatkich videongiz har safar ijro etilganini hisoblaydi. |
| Qaytgan tomoshabinlar | Kanalingizni allaqachon tomosha qilgan va tanlangan vaqt oraligʻida yana kontentga qaytgan tomoshabinlar soni. |